Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda yo‘l chetida turgan «Nexia» portlab ketdi

Qashqadaryoda yo‘l chetida turgan «Nexia» portlab ketdi

2022-yil 21-avgust kuni soat taxminan 12:00larda Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani «Soybo‘yi» mahallasida yashovchi E.S. boshqaruvida bo‘lgan «Nexia» rusumli avtomashinaga o‘rnatilgan metan gaz balloni to‘xtab turgan joyida portlab ketgan.

Viloyat IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, chaqnashi natijasida avtomashinaga zarar yetgan, biroq biron bir shaxs tan jarohati olmagan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Ko‘kdala tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring