Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi qon guruhi koronavirus yuqtirish xavfini oshiradi?

Qaysi qon guruhi koronavirus yuqtirish xavfini oshiradi?

Foto: «dw.com»

Ayrimlarda koronavirus og‘ir asoratlarga olib kelsa, kimlardadir bilimsiz kechadi. Germaniya va norvegiyalik olimlar COVID-19 bilan qon guruhlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash uchun tadqiqot o‘tkazishdi.

Koronavirus butun dunyo olimlari oldiga hozircha hal qilib bo‘lmaydigan jumboqni qo‘ydi: nega ayrim kishilar SARS-CoV-2 ga chalinganini umuman sezmaydi-yu, ba’zilari jonlantirish bo‘limiga yuborilib, o‘pkasi sun’iy ventilyasiya qiluvchi apparatga ulab qo‘yiladi? Hozircha javobdan ko‘ra savollar ko‘proq. Germaniya va norvegiyalik olimlar bemorlar qon guruhi bilan kasallikning og‘ir kechishi o‘rtasidagi bog‘liqlikka e’tibor berishdi. Tadqiqot natijalari esa har qanday odamni hayron qoldirishi tayin.

COVID-19 va qon guruhlari

Olimlar Italiya va Ispaniyada COVID-19 ga chalingan 1610 nafar bemorni tekshirishdi: umuman olganda, ularda kasallik og‘ir kechgan, hatto, ayrimlari o‘lim bilan yakunlangan. Shunda ularning DNK molekulalari o‘rganildi. Olingan xulosalar 2205 nafar sog‘lom odamlar tahlili natijalari bilan solishtirib ko‘rildi. Buni qarangki, II qon guruhiga (zamonaviy tasnifga ko‘ra, u A qon guruhi deb ham ataladi) ega kimsalarda COVID-19 ning og‘ir kechish xavfi ancha yuqori bo‘lgan. Aniqrog‘i, I qon guruhi (zamonaviy tasnifga ko‘ra 0 qon guruhi) bilan solishtirganda ikki baravar balandni ko‘rsatgan.

Germaniyada aholining 43 foiz ikkinchi qon guruhiga ega. Birinchi qon guruhidagi omadli kishilarga kelsak, yangi tadqiqot natijalari ularning koronavirusga qarshi immunitetiga ishora qilmaydi. Shunchaki ularda COVID-19 ning og‘ir shakli bilan kasallanish xavfi kamroq. Darvoqe, aynan birinchi guruhdagi donor qoni universal hisoblanadi. U qon guruhi qanday bo‘lishidan qat’i nazar barcha bemorlarga to‘g‘ri keladi. Germaniya aholisining 41 foizi birinchi qon guruhiga ega.

Qolgan ikkita qon guruhi — III va IV yoki zamonaviy tasnifga ko‘ra B va AB qon guruhlariga Germaniyada 11% va 5% aholi egalik qiladi. Koronavirusga chalingan bu ikki qon guruhidagilarda COVID-19 ning kechishida aytarli o‘zgarish qayd etilmagan.

Qon guruhi va davolash usullari

Agar Germaniya va norvegiyalik olimlarning tadqiqot natijalari o‘z tasdig‘ini topsa, bu SARS-CoV-2 keltirib chiqargan pnevmoniyani davolash usulini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Yana bu hammasi emas. Qon guruhining dard rivojlanishiga ta’siri haqidagi shunga o‘xshash kuzatishlar boshqa xastaliklarda ham mavjud. Misol uchun, birinchi qon guruhidagilar kamdan-kam hollarda bezgakning og‘ir shakli bilan kasallanadi. Shuningdek, teskari misollar ham bor: masalan, ikkinchi qon guruhidagilar o‘latni nisbatan yengilroq o‘tkazishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring