Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi yillarda O‘zbekiston fuqaroligiga eng ko‘p kishi qabul qilingan?

Qaysi yillarda O‘zbekiston fuqaroligiga eng ko‘p kishi qabul qilingan?

Foto: Xabar.uz

2016-yilning dekabr oyidan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 97 ta farmoniga asosan jami 23 ming 310 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan.

Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

2016-yilda – 179 nafar;
2017-yilda – 1 064 nafar;
2018-yilda – 2 760 nafar;
2019-yilda – 6 318 nafar;
2020-yilda – 8 127 nafar;
2021-yilda – 4 567 nafar;
2022-yilda – 295 nafar.

Eslatib o‘tamiz, 1992-yildan 2016-yilga qadar mamlakatimizda jami 482 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan. Ya’ni, 1991-yildan 2007-yilga qadar respublikamizda jami 482 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolik berilgan bo‘lsa, 2007-yildan 2016-yilning dekabr oyiga qadar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi hech kimga berilmagan.

Avvalroq, Prezident farmoni bilan besh yilda qancha odam afv etilgani ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring