Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘iston prokuraturasi binosida yong‘in sodir bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston prokuraturasi binosida yong‘in sodir bo‘ldi

Videodan kadrlar

Bugun, 01 sentyabr kuni soat 14:30 chamasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi binosi 3-qavatining balkonida yong‘in kelib chiqqan.

Qayd etilishicha, ushbu yong‘in bo‘yicha kelib tushgan xabarga ko‘ra Nukus shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi Yong‘in o‘chirish ekipaji voqea joyiga yetib kelib, yong‘in qisqa vaqtda bartaraf etilgan.

Yong‘inning kelib chiqishiga elektr simining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Yong‘in oqibatida balkondagi shift qismi 4 m2 zararlangan.

Mazkur yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yuq.

Sodir bo‘lgan holat buyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring