Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 «Real»ni to‘xtatib bo‘lmayapti (video)

 «Real»ni to‘xtatib bo‘lmayapti (video)

Ispaniya La Ligasining 6-turida Madrid derbisi o‘tkazildi. «Atletiko» o‘z maydonida «Real»ni qabul qildi.

Karlo Anchelotti shogirdlari ushbu mavsumda barcha o‘yinlarni g‘alaba bilan yakunlab kelmoqda. Mazkur bahsda «Real»ning zafarli yurishi to‘xtatilishi mumkinligi aytilgandi. Biroq...

Uchrashuvning 18-daqiqasida Rodrigo Goes mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 36-daqiqada Federiko Valverde jamoasining ikkinchi golini urdi va «Atletiko»ning ahvolini og‘irlashtirib qo‘ydi. Faqat 83-daqiqaga kelib maydon egalari bir bor javob qaytarishga ulgurishdi.

«Atletiko» – «Real Madrid» 1:2

Gollar: 0:1 – 18 Rodrigo, 0:2 – 36 Valverde, 1:2 – 83 Ermoso.

«Atletiko»: Oblak, Vitsel, Felipe, Reynildu, Lorente, Karrasko (Ermoso, 72), Koke (Korrea, 73), Kondogbia (Saul, 81), de Paul (Morata, 62), Grizmann, Joau Feliks (Mateus Kunya, 62).

«Real Madrid»: Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Mendi (Ryudiger, 75), Modrich (Kamavinga, 82), Kroos (Asensio, 86), Tchuameni, Valverde, Vinisius Junior, Rodrigo (Sebalos, 86).

Ogohlantirishlar: Reynildu (28), Mendi (33), Koke (63), Karvaxal (88), Ermoso (89).

Chetlatish: Ermoso (90+1).

G‘alabali seriyasini davom ettirgan «Real» 18 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi. «Barselona»da 16 ochko bor va 2-pog‘onada bormoqda. «Atletiko» 10 ochko bilan 7-o‘ringa tushib ketdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring