Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada 19 nafar o‘zbekistonlikning pasportlari olib qo‘yilgani aniqlandi

Rossiyada 19 nafar o‘zbekistonlikning pasportlari olib qo‘yilgani aniqlandi

Rossiya Federatsiyasining Xanti-Mansiysk avtonom okrugi Nyagan shahrida 19 nafar O‘zbekiston fuqarolarining pasportlari ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi.

Xabarda aytilishicha, ular o‘rmon xo‘jaligida majburan ishlatilgan va huquqlari buzilgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga ko‘ra, Agentlikning Xanti-Mansiysk avtonom okrugidagi vakili tomonidan mazkur holat o‘rganilgan va Rossiya Federatsiyasining mutasaddi tashkilotlar bilan tezkor harakatlar natijasida vatandoshlarning hujjatlari olib berilib, huquqlari tiklangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring