Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada harbiy komissarlik va hokimiyat binolariga o‘t qo‘yish holatlari ko‘paymoqda

Rossiyada harbiy komissarlik va hokimiyat binolariga o‘t qo‘yish holatlari ko‘paymoqda

Vladimir Putin safarbarlik e’lon qilganidan so‘ng, butun mamlakat bo‘ylab harbiy komissarlik va ma’muriyat binolari yoqib yuborilmoqda.

OAV tomonidan 2022 yil 21 sentyabrdan keyin sodir bo‘lgan o‘t qo‘yishlar ro‘yxati ham taqdim qilindi.

Unga ko‘ra, Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod, Baykal orti o‘lkasi, Orenburg, Amur, Xabarovsk, Krasnoyarsk, Kaliningrad viloyatlari hamda Mordoviya Respublikasida harbiy komissarlik binolariga o‘t qo‘yilgan.

Shuningdek, Samara, Volgograd, Leningrad viloyatlari, Oltoy mintaqasi, Boshqirdiston Respublikasidagi hokimlik va ma’muriy binolarga o‘t qo‘yish holatlari kuzatilgan.

Ushbu hodisalarda fuqarolar jabrlanmagani aytiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring