Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

San’at asarini bir necha ming dollarga sotmagan kulol. Rishtondagi mo‘jiza (foto)

San’at asarini bir necha ming dollarga sotmagan kulol. Rishtondagi mo‘jiza (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Farg‘ona vodiysidagi Rishton tumani — mohir kulollari va noyob qizil loyi bilan mashhur. Aytishlaricha, kulolchilik bu yerda ming yil oldin paydo bo‘lgan ekan.

IX-X asrlarga kelib esa Rishtonning sopol idishlari sirlanib, ularga go‘zal jilolar berila boshlagan.

Rishton kulolchiligi juda xilma-xil va o‘ta go‘zaldir. Naqshlarning betakrorligi, ranglarning tuslanishi... har qanday insonni o‘ziga rom etadi.

Foto: «Xabar.uz»

Rishtondagi kulol Ravshan Tojiddinov o‘z ustaxonasini haqiqiy san’at muzeyiga aylantirib yuborgan.

Ustaxonaga kirish ayvonining chap tarafida mashhur ispan sayyohi Klavixoning zaminimizga tashrifi tasvirlangan surat joy olgan.

Ravshan Tojiddinovning aytishicha, bu asar eng tajribali ustalar tomonidan bir necha oy davomida yaratilgan. Bu asar uchun bir necha ming dollar berishga tayyor xaridor chiqqan, ammo sotmaganini aytadi kulol.

«Ba’zi mahsulotlarimizni har qanday pulga ham sotgim kelmaydi. Uni yurtimizga keladigan mehmonlar ko‘rishsin deyman, axir bu ham mamlakatimizning yuziku», deydi Ravshan aka.

Bu yerda 90 nafarga yaqin kishi ishlaydi. Mahsulotlarning turi son-sanoqsiz. Har bir jarayon — qo‘l mehnati.

Foto: «Xabar.uz»

Sopolga «jon kiritayotgan» qizlar tasvirlar takrorlanmas bo‘lishi, har safar har xil ijod naqshlarini chizishlarini aytadi.

Foto: «Xabar.uz»

Ta’kidlanishicha, buyurtmalar juda ko‘p. Xorijdan 100ta ulkan ko‘za yasab berishlarini so‘rashgan, Samarqandda o‘tadigan ShHT sammiti uchun ham maxsus idishlar shu yerda tayyorlanmoqda...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring