Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sardoba ishi»ga daxldor mansabdor shaxslar soni ko‘paydi

«Sardoba ishi»ga daxldor mansabdor shaxslar soni ko‘paydi

Joriy yilning 1 may kuni yuz bergan «Sardoba» suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi va natijada katta yer maydonlarini suv bosishi holati bo‘yicha Jinoyat kodeksining 207-moddasi, 258-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergovda tergov, tezkor-qidiruv tadbirlari olib borildi.

Avvalroq ushbu ishga aloqador 9 nafar shaxs ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilingandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonovning qayd etishicha, «Sardoba ishi»ga aloqador shaxslar soni oshgan.

Hozirgi vaqtda tergov organi tomonidan to‘g‘onning loyihalanishi, qurilishi, ekspluatatsiya qilinishi, davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinmagan hajmda suv to‘planishi jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatlariga dahldor 17 nafar shaxs, jumladan buyurtmachi «Sirdaryo suv qurilish invest» DUK, loyihachi «UzGip» MChJ, bosh pudratchi – «O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj» UK, pudratchi tashkilotlar «Rezaksoy suv qurilish» UK, «Omad Dubl» MChJ, «Sariosiyo qurilish» MChJ, «Trans Servis Kompleks» MChJ, «To‘palang Sherobod» ShK, Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekspluatatsiya direksiyasi mansabdor shaxslarining bir guruhi tegishli (167, 203, 205, 207, 209, 258) moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilib, ayblanuvchilarning 7 nafariga qamoqqa olish, 6 nafariga garov, 4 nafariga munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi doirasida tegishli idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat komissiya tomonidan o‘lchov va taftish ishlari davom ettirilmoqda. Aybdor shaxslarni aniqlash bilan birga yetkazilgan zararning qoplanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring