Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev yangi qonunga imzo chekdi

Shavkat Mirziyoyev yangi qonunga imzo chekdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–815-son, 20.01.2023-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Shunga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida»gi Qonunga tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil vazifalariga quyidagilar qo‘shildi:

- Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobini elektron yuritish;
- majburiy talablar elektron reyestrini yuritish.

«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari quyidagilarni qo‘shimcha ravishda amalga oshiradi:

- malaka imtihonini o‘tkazish reglamentini, auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, muddatini uzaytirish va tugatish tartibini, auditorlar malakasini oshirishga oid namunaviy dasturni tasdiqlaydi;

- malaka imtihonini o‘tkazadi;

- auditorning malaka sertifikatini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring