Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Jahonda ilk bor «Uzbekistan GTL» zavodida tabiiy gazdan sintez qilish yo‘li bilan sintetik aviakerosin ishlab chiqarildi

«O‘zbekneftgaz»: Jahonda ilk bor «Uzbekistan GTL» zavodida tabiiy gazdan sintez qilish yo‘li bilan sintetik aviakerosin ishlab chiqarildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi tufayli, «O‘zbekneftgaz» AJ va uning tizimida yangi davr - ustuvor vazifalar hamda istiqbolli rejalarni amalga oshirish jarayoni boshlandi. Sababi, "gazni – suyuqlikka" texnologiyasi asosida dunyodagi yetakchi zavodlardan biri bo‘lgan «Uzbekistan GTL»da ishlab chiqarish turi kengaymoqda.

«Uzbekistan GTL» zavodida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish, uning sifatini doimiy ravishda nazorat qilish maqsadida, «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida «Ishchi guruh» tashkil qilingan bo‘lib, doimiy ravishda sintetik yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarilishi holatini o‘rganish, mahsulotlarni saqlash, sotish hamda yetkazib berish jarayonlari o‘rganib kelinmoqda.

Quvonarlisi esa, Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolarining tashrifi davomida yana bir yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarilishiga start berildi. Nafaqat O‘zbekiston, balki jahon tarixida ilk bor, «Uzbekistan GTL» zavodida xalqaro standart (ASTM D-7566) va texnik talablariga mos bo‘lgan sintetik aviakerosin mahsuloti ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

Sintetik kerosinning 23 ta asosiy fizik-kimyoviy va texnik parametrlari to‘liq talab darajasiga yetkazildi. Asosiy parametrlardan biri bo‘lgan muzlash harorati xalqaro standart talab darajasiga (-47°S) yetkazish ishlari yakunlandi.

Bugungi kunga qadar, «Uzbekistan GTL» zavodi tomonidan IATA, ASTM International, Def Stan xalqaro tashkilotlarining aviatsiya yoqilg‘isi uchun xom ashyo sifatida GTL kerosinini sintetik komponent sifatida foydalanishga ruxsat etilganligi to‘g‘risida ijobiy xulosalar olingan.

GTL zavodida ishlab chiqarilgan sintetik kerosinining birinchi partiyasi namunasi olinib, xalqaro aviasohani tartibga soluvchi tashkilot (IATA) tavsiyasiga ko‘ra, muvofiqlik sertifikatini olish uchun SGS kompaniyasining Estoniya, Belgiya va Fransiyadagi laboratoriyalariga tahlil va tegishli xulosa olish uchun yuborildi.

Boshqaruv raisi avvalo joriy yilning 15 iyun kuni «Uzbekistan GTL» zavodida O‘zbekiston tarixida birinchi sintetik nefti, 2022 yil 29 iyun kuni O‘zbekiston neft-kimyo sanoati tarixida ilk bor sintetik dizel, keyinchalik «GTL» sintetik naftasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlab, mutaxassislarning yana bir izlanishi samara berganini hamda tabiiy gazdan sintez qilish yo‘li bilan Jahon tarixida ilk bor sintetik aviakerosin ishlab chiqarilganini rasman ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari tomonidan tashrif chog‘ida import o‘rnini bosuvchi neft mahsulotlari va uglevodorod xomashyolarini ishlab chiqarilishi, mahsulotni saqlash, sotish hamda yetkazib berish jarayonlari o‘rganildi.

Sintetik aviakerosin ishlab chiqarish hajmini oshirish, xalqaro standart (ASTM D-7566) hamda texnik talablarga rioya qilgan holda sintetik aviakerosin ishlab chiqarilishini nazorat qilish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

«Uzbekistan GTL» zavodining to‘liq ish rejimiga o‘tilgani sabab, sintetik yoqilg‘i mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmini bosqichma-bosqich oshirib borish hamda mahsulotlarning yuqori sifatda bo‘lishini ta’minlash kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, ishlab chiqarish hajmini oshirib borish natijasida mahsulot tannarxining arzonlashishiga erishish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Joriy yilning 14 sentyabr kunidan boshlab O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi orqali sotuvga joylashtiriladigan sintetik dizel yoqilg‘isining bir tonnasi boshlang‘ich narxi 13 mln. 897 ming 109 so‘mgacha arzonlashtirilishi belgilandi.

So‘nggi ikki oy ichida ikkinchi marotaba narx arzonlashtirilib, joriy yilning 29 avgust kuni sintetik dizelning boshlang‘ich narxi 15 mln. 550 ming 500 so‘mdan 14 mln. 504 ming 378 so‘mgacha kamaytirilgan edi.

Zavoddagi 11 mingga yaqin uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarining sinxron ishlashini ta’minlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar holati ham o‘rganildi va texnologik jarayonlarda mehnat qilayotgan muhandislar, yosh mutaxassislar bilan ochiq suhbat qilindi.

Zavodning ishlab chiqarish sexlari boshliqlari va rahbar xodimlar ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi va sintetik yonilg‘i mahsulotlarini ishlab chiqarilishi uzluksizligini ta’minlash, iste’molchilarga o‘z vaqtida va sifatli yonilg‘i mahsulotlarni yetkazib berilishini bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Bugungi kunga qadar esa GTL majmuasi jami 55 ming tonna sintetik dizel yoqilg‘isi va 20,5 ming tonna sintetik nafta ishlab chiqarilgan bo‘lib O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi orqali kunlik ravishda iste’molchilarga yetkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Uzbekistan GTL» majmuasida yiliga umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollari yoki 12,8 trillion so‘mdan ortiq import o‘rnini bosuvchi neft mahsulotlari va uglevodorod xom ashyolari ishlab chiqarilish rejalashtirilgan.

 «O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring