Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sport va salomatlik. «O‘zmilliybank» bu borada nimalar qilmoqda?

Sport va salomatlik. «O‘zmilliybank» bu borada nimalar qilmoqda?

Dunyoda eng uzoq yashaydigan aholi Yaponiyada istiqomat qiladi. Kunchiqar yurt vakillari o‘rtacha 84.3 yil umr ko‘rishadi. Undan keyingi o‘rinlarni esa Shveysariya (83.4 yosh) va Janubiy Koreya (83.3 yosh) egallab turibdi. Dunyo aholisining o‘rtacha umr ko‘rishi esa roppa-rosa 71 yoshdan iborat.

O‘zbekistonning ushbu statistikadagi o‘rnini so‘rarsiz? Bu borada mamlakatimiz o‘rtachadan yuqori o‘rinlarda turadi, yurtimiz aholisining o‘rtacha umr ko‘rishi 74.6 yoshdan iborat.

Inson salomatligi u qay darajada sog‘lom va faol turmush tarzi kechirishiga bog‘liq. Bejizga so‘nggi yillarda aholi o‘rtasida sportni targ‘ib etishga davlat darajasida e’tibor berilmayapti.

Sport — sog‘lom turmush tarzi va farovon hayoti ifodasidir. Kun tartibiga rioya etish, faol harakat asosida tanani chiniqtirish, sport bilan shug‘ullanish, to‘la va sifatli ovqatlanish, gigiyenik qoidalarga amal kilish, zararli odatlardan o‘zni tuta bilishi – uzoq umr ko‘rishning asosiy omillaridandir.

«O‘zmilliybank» AJ tashabbusi bilan Jizzax viloyatiga tashkil etilgan press-tur davomida OAV vakillari «Jizzax Fitness Academy» MChJ qarashli fitnes klubi faoliyati bilan tanishdilar.

Aholiga sifatli fitnes xizmatlarini taqdim etish maqsadida tashkil qilingan mazkur markaz loyihasining umumiy qiymati 2 mlrd. 800 mln. so‘mni tashkil etsa, «O‘zmilliybank» AJ tomonidan 1 mlrd. 400 mln. so‘m kredit ajratilgan. Bugungi kunda mazkur markazda 10 ga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlangan.

Shuningdek, jurnalistlar Jizzax shaxri, Navro‘z MFY manzilida joylashgan «British House» MChJ ga qarashli mehmonxona faoliyati bilan ham tanishdilar.

Faoliyati yo‘lga qo‘yilganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada Jizzax shahri chiroyiga ko‘rk bag‘ishlab turgan ushbu mehmonxona iste’molchilar orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelmoqda. Mazkur shinam mehmonxona bir vaqtning o‘zida 60 taga yaqin tashrif buyuruvchiga xizmat ko‘rsata oladi. Bugungi kunda mehmonxonada o‘ndan ortiq fuqaro doimiy ish bilan band qilingan.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 10 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Shundan Bank tomonidan mehmonxona binosini jihozlash uchun 6 mlrd. 500 mln. so‘m miqdorida kredit summasi ajratilgan.

Ta’kidlash kerakki yildan yilga kibersport ya’ni kompyuter o‘yinlari jahon miqyosida ommalashib bormoqda. Jumladan, 2018 yilda kibersport rasmiy reyestrda yuzinchi sport turi sifatida tan olingan bo‘lib, hozirda uni Olimpiya o‘yinlari qatoriga kiritish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda mamlakatimizda ham kibersportchilar shakllanib bormoqda. Ular orasida xalqaro turnirlarda ishtirok etib, medallar va pul mablag‘larini qo‘lga kiritayotganlar ham bor.

Press-turning navbatdagi manzili «Valkyrie» MChJ bo‘ldi. Jizzax shahri Orom chorrahasi lokatsiyasida joylashgan markaz 2022 yilning yanvar oyidan buyon kompyuter xizmatlarini taqdim etib kelmoqda. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 2 mlrd. 500 mln. so‘mni tashkil etadi. «O‘zmilliybank» AJ tomonidan 1 mlrd. 500 mln. so‘m kredit mablag‘i ajratilgan. Mazkur markazda 8 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring