Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryo viloyati innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Surxondaryo viloyati innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimda Kichkilov Sherxon Hamzayevich ish boshladi.

Sh.Kichkilov 1981-yil Termiz shahrida tug‘ilgan. 2002-yilda Termiz davlat universitetini, 2006-yilda Toshkent davlat yuridik instituti (sirtqi)ni, 2010-yilda Termiz davlat universiteti (sirtqi)ni, 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (magistratura)ni tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – tarixchi, yurisprudensiya, iqtisodiyot, davlat boshqaruvi.

Mehnat faoliyati davomida turli yillarda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudi, Termiz shahar hamda Termiz tumani sud ijrochilari bo‘linmalari, Markaziy bank Surxondaryo viloyati Bosh boshqarmasi, Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish Bosh boshqarmasi viloyat hududiy bo‘limi, AT «Ipoteka-bank»ning Toshkent shahar hamda Surxondaryo viloyati filiallari, shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimligida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Sh.Kichkilov shu kunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring