Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Toshkent» xalqaro aeroportiga yangi direktor tayinlandi

«Toshkent» xalqaro aeroportiga yangi direktor tayinlandi

Foto: Uzbekistan Airports

Shukurjon Gaipov «Toshkent» xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi. 

Bu lavozimda u aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi qarori bilan aeroport direktori lavozimini tark etgan Mirzohid Tursunov o‘rnini egalladi.

O‘zbekiston Milliy universitetining siyosatshunoslik fakultetini tamomlagan Shukurjon Gaipov mehnat faoliyatini Toshkent aeroportida havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limida muhandis sifatida boshlagan.

Tayinlovga qadar u «Toshkent-1» hukumat terminali rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring