Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi ayanchli YTH sababchisi voqea joyidan qochgan. Bir ayol va 8 yoshli qizcha alanga ichida qolib ketgan

Toshkentdagi ayanchli YTH sababchisi voqea joyidan qochgan. Bir ayol va 8 yoshli qizcha alanga ichida qolib ketgan

Foto: Toshkent shahar IIBB

Kecha, 9-yanvar kuni soat 23:17da Chilonzor tumani Bunyodkor va Furqat ko‘chalari chorrahasida «BMW» hamda «LACETTI» rusumli avtomashinalar ishtirokida mudhish yo‘l transport hodisasi yuz bergani haqida xabar bergandik.

Toshkent shahar IIBB hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, «LACETTI» haydovchisi 44 yoshli D.M. Islom Karimov ko‘chasining qayrilish joyida to‘xtagan. Shu vaqtda «BMW» yuqori tezlikda kelib «Lasetti»ga urilgan va avtomashinalar yonib ketgan.

«LACETTI» rusumli avtomashinaning haydovchisi va yo‘lovchisi 6 yoshli D.M. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qutqarilib, kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Yana ikki yo‘lovchi — 44 yoshli I.M. va 8 yoshli Y.M. voqea joyida halok bo‘lishgan.

«BMW» avtomobili haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan. Hozirda avtohalokat paytida avtomobilni boshqargan haydovchini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Falokatning dastlabki sababi: «BMW»  avtomobili haydovchisi tezlikni sezilarli darajada oshirishi.

Avtohalokat yuzasidan Chilonzor tumani ichki ishlar bo‘limining tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qism «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring