Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya sharqida vertolyot quladi, 9 kishi halok bo‘ldi

Turkiya sharqida vertolyot quladi, 9 kishi halok bo‘ldi

Foto: «Haber3.com»

Turkiya sharqida Cougar sinfiga mansub harbiy vertolyot Bingo‘l shahridan havoga ko‘tarilgandan so‘ng halokatga uchragan, deya xabar berdi mamlakat mudofaa vazirligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot soat 13:55 da Bingo‘l shahridan parvoz qilgan va yarim soatdan so‘ng u bilan aloqa uzilib qolgan. Shundan so‘ng darhol aviatsiya yordamida qidiruv ishlari boshlandi.

Hodisa natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi va ular shifoxonaga yotqizildi.

Halokat sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring