Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Urganch shahrida avtobus yo‘lovchilari halok bo‘ldi

Urganch shahrida avtobus yo‘lovchilari halok bo‘ldi

Bugun, 2022-yil 12-may kuni soat 14:30larda Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al-Xorazmiy-Sheroziy-G‘.G‘ulom ko‘chalari kesishgan chorrahada YTH sodir bo‘ldi.

Haydovchi, 1949-yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi Lada-2194 rusumli hamda haydovchi, 1986-yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli avtobus ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, avtobus yo‘lovchilari, 1961-yilda tug‘ilgan M.M. hamda 2000-yilda tug‘ilgan M.O‘.lar tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan. Shuningdek,  Lada-2194 rusumli avtomobil haydovchisi olgan tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Urganch shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring