Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uyidan «Matiz Best»da chiqib ketgan baland bo‘yli yigit qidirilmoqda

Uyidan «Matiz Best»da chiqib ketgan baland bo‘yli yigit qidirilmoqda

Toshkentda bedarak yo‘qolgan ikki shaxs qidirilmoqda. Ulardan biri uyidan «Matiz Best»da chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 1991-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan Tojiboyev Miraziz Mirsodiq o‘g‘li 5-oktyabr kuni soat 08.00 larda Uchtepa tumanidagi xonadonidan oq rangli «Matiz Best» avtomashinasida chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Uning belgilari: bo‘yi 190-195 sm, vazni 90-95 kg atrofida sochi va qoshi qora rangda, yuzi dumaloqdan kelgan, labida chandig‘i bor.

O‘sha kuni u to‘q ko‘k rangli yengi kalta sport kiyimi va ko‘k rangli poyafzalda bo‘lgan.

***

1945-yilda tug‘ilgan Mahmudov Hasan Mahamadjonovich 4-oktyabr kuni taxminan soat 09:30larda Olmazor tumanidagi uydan chiqib ketgan va qaytib kelmagan.

Alohida belgilari: Bo‘yi taxminan 160-165 sm, o‘rta gavdali, sochlari oqargan, peshonasining chap qosh ustki qismida xoli bor, o‘ng qo‘lining mushtida langarning tasviri tushirilgan rasm bor.

O‘sha kuni egnida kulrang kostyum, ko‘k rangli shalvar bo‘lgan.

Agar sizda yuqoridagi shaxslarning turar joylari to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa, eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingiz so‘raladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring