Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Meksikada 43 talabani yoqib yuborishda ayblanayotgan shaxs ozod etildi

Meksikada 43 talabani yoqib yuborishda ayblanayotgan shaxs ozod etildi

Foto: «RIA Novosti»

Federal sudya 2014-yilda yo‘qolgan talabalarning qotilligida ayblanayotgan «Guerreros Unidos» jinoiy guruh yetakchisini ikki kun oldin yana ozod etishga qaror qildi, deb yozadi «Milenio».

«Federal sudya 2014-yil sentyabrda Ayotsinapada 43 nafar talabaning yo‘qolishida gumon qilinayotgan «Guerreros Unidos» yetakchisi Xose Anxel Kasarrubias Salgadoni qo‘yib yuborishni buyurdi», — deyiladi nashrda.

2014-yil sentyabr oyida Iguala shahrida Ayotsinapa tibbiyot kollejining 43 nafar talabasi g‘oyib bo‘ldi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, mahalliy politsiyachilar ularni o‘g‘irlab ketib, jallodlar qo‘liga topshirishgan. Shundan so‘ng talabalar o‘ldirilib, murdalari yoqib yuborilgan.

Bosh prokuratura vakilining bayonotiga ko‘ra, sudyaning ozod qilish to‘g‘risidagi qarori 2014-yilda respublikaning o‘sha paytdagi prokurori taqdim etgan dalillarga texnik jihatdan jiddiy yondashuviga asoslanadi. Kasarrubias jismoniy ozod qilingunga qadar (bu uning sud tomonidan ikkinchi marta qo‘yib yuborilishi) prokuratura boshqa ayblov bilan qamoqqa olishga yangi order chiqarishga haqli.

Avvalroq hibsga olingan «Guerreros Unidos» guruhiga asos solgan uchta aka-ukadan biri Migel Kasarrubias ham ayblanuvchiga qarshi ko‘rsatma bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan Xose talabalarni yoqib yuborishdan oldin qatl etishni buyurgan. Xose Kasarrubiasni hibsga olishning muhimligi haqida yaqinda tergovning yangi bosqichi boshlanganini xabar bergan mamlakat bosh prokurori Alexandro Gerts ham aytib o‘tgandi.

Hukumat seshanba kuni ushbu jinoyatga aloqadorlikda gumon qilinayotgan Gerrero shtati davlat xizmatchilarini hibsga olish uchun 46 ta yangi order berdi.

Odam o‘g‘irlash bo‘yicha dastlabki tergov davomida 142 kishi, jumladan, Igualaning sobiq meri Xose Abarka, uning turmush o‘rtog‘i va ko‘plab politsiyachilar bor, biroq talabalarning qarindoshlari tergov natijalaridan norozi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring