Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pfizer vaksinasi bilan emlangan shifokor olamdan o‘tdi

Pfizer vaksinasi bilan emlangan shifokor olamdan o‘tdi

Foto: «Global Look Press»

AQShning Florida shtatida yashovchi shifokor Pfizer va BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirus vaksinasi bilan emlangach bir necha kundan so‘ng vafot etdi. Bu haqda Daily Mail marhumning rafiqasiga asoslanib xabar bermoqda.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, 56 yoshli akusher sog‘lom bo‘lib, surunkali kasalliklarga chalinmagan, ammo emlashdan bir necha kun o‘tib  «sirli qon kasalligi» tufayli vafot etgan.

«Mening fikrimcha, uning o‘limi 100 foiz emlash bilan bog‘liq. Boshqa izoh yo‘q», - dedi ayol.

Pfizer izohiga ko‘ra, shifokor o‘limidan so‘ng tekshiruv o‘tkazilmoqda, ammo ular o‘lim va vaksina o‘rtasida to‘g‘ridan  to‘g‘ri aloqa borligiga ishonmaydilar. 

Eslatib o‘tamiz, Pfizer hozircha JSST tasdig‘idan o‘tgan ilk vaksina sanaladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring