Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xiaomi shaffof televizorni taqdim etdi

Xiaomi shaffof televizorni taqdim etdi

Foto: «GizChina»

Xiaomi shaffof panelli televizorni taqdim etdi. Bu haqda kompaniya materiallariga tayanib «GizChina» nashri xabar bergan.

Mi TV Lux Transparent Edition diagonali 55 dyuym keladigan yarim shaffof OLED-paneli bilan jihozlangan. Ekranga tasvirni chiqarayotganda foydalanuvchi uning orqasida nimalar borligini ko‘rishi mumkin. Televizor 120 gers chastotali yangilanish ekraniga ega, rang chuqurligi 10 bit va DCI-P3 rang kengligining 93 foizini qamrab oladi.

Shuningdek, Xiaomi televizorning javob reaksiyasi bir millisoniyaga tengligini ta’kidlamoqda. Chiqarilgan qurilma MediaTek 9650 chipida ishlaydi, Dolby Atmos texnologiyasi va MEMC harakati kompensatsiya texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma korpusining qalinligi 5,7 millimetrni tashkil etadi.

Jurnalistlar Mi TV Lux Transparent Edition seriyali ishlab chiqariladigan shaffof panelli birinchi televizor ekanligiga e’tibor qaratishdi. Bu kabi devays ilk bor Samsung kompaniyasi tomonidan 2016-yilda namoyish etilgan, so‘ngra shunga o‘xshagan televizorni LG chiqargan.

Mi TV Lux Transparent Edition 49 999 yuanga (taxminan 74 million so‘m) baholangan. Yangi televizorning sotuvga chiqarilishi va qayerlarda sotilishi haqida ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring