Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazmda uch deputat vafot etgani, yana biri sudlangani uchun...

Xorazmda uch deputat vafot etgani, yana biri sudlangani uchun...

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining tegishli qarori bilan to‘rt nafar deputatning vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatildi. Bunga uch nafarining vafot etgani, yana biriga sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganligi sabab bo‘lgan.

Qarorda keltirilishicha, «7-Tozabog‘» saylov okrugidan saylangan deputat R.Atamuratov, «8-Feruz» saylov okrugidan saylangan deputat M.Masharipov va «17-Vazir» saylov okrugidan saylangan deputat M.Vaisovlarning vafot etganliklari munosabati bilan hamda «34-Navoiy» saylov okrugidan saylangan deputat M.Jumaniyozovaga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tumani sudining 2020 yil dekabr oyidagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JK-210 moddasi (pora olish) 2 qismining «v, g» bandlariga asosan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganligi sababli — deputatlik faoliyatlari muddatidan oldin to‘xtatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring