Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana ikki yo‘nalishda qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

Yana ikki yo‘nalishda qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ bayram kunlarida yo‘lovchilarni tashish maqsadida «Toshkent-Qarshi-Toshkent» hamda «Toshkent-Urganch-Toshkent» yo‘nalishlarida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, 2023-yilning 20-21-mart kunlari 780/779-sonli «Toshkent-Qarshi-Toshkent» yo‘nalishida «Afrosiyob» elektropoyezdining qo‘shimcha ikkita reysi yo‘lga qo‘yiladi.

Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  •  780-sonli «Toshkent-Qarshi» yo‘nalishi (Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21);
  • 779-sonli «Qarshi-Toshkent» yo‘nalishi (Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50).

Shuningdek, «Toshkent-Urganch-Toshkent» yo‘nalida 2023-yilning 19 va 21-mart kunlari 156-sonli «Toshkent-Urganch» yo‘nalishi hamda 20 va 22-mart kunlari 155-sonli «Urganch-Toshkent» yo‘nalishida qo‘shimcha 2 ta reys harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • 156-sonli «Toshkent-Urganch» yo‘nalishi (Toshkent 23:58 — Urganch 14:16);
  • 155-sonli «Urganch-Toshkent» yo‘nalishi (Urganch 17:42 — Toshkent 07:06).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandga ham qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring