Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi kasb paydo bo‘ldi — «bekorchi». Maoshi — 2 320 dollar

Yangi kasb paydo bo‘ldi — «bekorchi». Maoshi — 2 320 dollar

Foto: «Public Art Agency Sweden»

Shved rassomlari Saymon Goldin va Yakob Sennebi umrbodlik ish taklif etishyapti, qizig‘i, bu ishga kirgan odam hech qachon hech narsa qilmaydi... Bu haqda «Public Art Agency Sweden» xabar bermoqda.

Rassomlar «Abadiy ishga joylashish» fondini ro‘yxatdan o‘tkazishdi, uning hisobida 650 ming dollar puli bor. Bu ishga kiruvchi Gyoteborg vokzalidagi «ish joyi»ga belgilangan vaqtda keladi va «ish tugashi bilan» ketadi...

Ta’kidlanishicha, professional «bekorchi» istagan ishi bilan shug‘ullanishi mumkin. Sinov loyihasi 120 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, lavozimni bir kishi umrbod band etishi, u ishdan bo‘shasa boshqa odam o‘rnini egallashi mumkin. Ishga kiruvchi ta’til va pensiya uchun pul topish maqsadida qo‘shimcha ish topmasligi uchun ham unga yuqori maosh tayinlanyapti.

Rassomlarning bu performansdan maqsadi hech narsa qilmaslik uchun bir umrga ishga olingan inson haqidagi mem — shahar afsonasini yaratishdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring