Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yonayotgan Avstraliya»: hakkalar o‘t o‘chirish mashinalariga taqlid qilishni boshladi (video)

«Yonayotgan Avstraliya»: hakkalar o‘t o‘chirish mashinalariga taqlid qilishni boshladi (video)

Foto: CNN

Sobiq komissar Gregori Endryus hakka qanday qilib o‘t o‘chirish mashinasiga taqlid qilayotgani tasvirlangan videoni internetga joyladi.

Kadrlardan ko‘rinib turibdiki, to‘siqqa qo‘nib olgan qush sayrayapti, ammo bu qush ovozini emas, ko‘proq o‘t o‘chirish yoki tez yordam mashinasi ovozini eslatadi.

«Bu men uchratgan eng hayratli narsalardan biri. Bugun Yangi Janubiy Uels shtatida o‘t o‘chiruvchilar va tez yordam mashinalari ovozini chiqarishni o‘rganib olgan Avstraliya hakkasini uchratdim», — deydi Endryus videoga sharhida.

Eslatib o‘tamiz, Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida o‘rmon yong‘inlari oqibatida yangi yil kunlari yetti kishi qurbon bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring