Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Aripov Yerevanda Eron vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Abdulla Aripov Yerevanda Eron vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Joriy yilning 1 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi Hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisida kuzatuvchi maqomida ishtirok etish uchun Yerevanga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘z nutqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar o‘zining yuksak samaralarini berayotganini alohida ta’kidladi.

Yig‘ilish so‘nggida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlari rejasi imzolandi.

Yerevanga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Eron Islom Respublikasi Birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Oref bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Davlatlarimiz rahbarlari tomonidan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuvda Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi hamda uning doirasidagi biznes-forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, davlatlarimiz o‘rtasida turli sohalarda sanoat kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Yerevanga tashrif doirasida Yevroosiyo iqtisodiy forumida ham ishtirok etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring