Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi.
Shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimida ishlab kelgan Qahramon Anvarjonovich Yo‘ldoshev Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan.
Qahramon Yo‘ldoshev 1972-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2007-yili Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan. Telekommunikatsiyalar korxonalarida turli vazifalarda faoliyat olib borgan. 2010-yildan «O‘zbektelekom» AK bosh direktori o‘rinbosari, keyinchalik bosh direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi farmoniga muvofiq, Ahmedxo‘jayev Azim Isroilovich Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tasdiqlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas