Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Baxtiyor Saidov Pokiston prezidenti bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Pokiston prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokistonga tashrifi doirasida mamlakat prezidenti Asif Ali Zardoriy bilan uchrashdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda «iqtisodiy diplomatiyadagi muhim imkoniyatlarni ko‘rsatuvchi keng ko‘lamli mavzular muhokama qilingan».

«Ikki tomonlama munosabatlarimizda hali foydalanilmagan ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan O‘zbekiston-Pokiston aloqalarini kengaytirish tarafdorimiz. Uchrashuvimiz kun tartibida iqtisodiy diplomatiyadagi muhim imkoniyatlarni ko‘rsatuvchi keng ko‘lamli mavzular muhokama qilindi. Biz davlat tashkilotlari va xususiy sektor vakillari o‘rtasida mustahkam hamkorlikni rag‘batlantiramiz», deb yozadi Baxtiyor Saidov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring