Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Botir Parpiyev: «Men oddiy askarman. Qayerga lozim topishsa, ishlashga tayyorman»

Botir Parpiyev: «Men oddiy askarman. Qayerga lozim topishsa, ishlashga tayyorman»

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali Botir Rahmatovich Parpiyevning Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan olinib, yangi vazifaga tayinlangani haqida xabar bergan edi.

Bugun, 11-may kuni Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentning Davlat maslahatchilari Umar Ismoilov va Rustam Komilovlar ishtirok etishdi. Yig‘ilishni Mahallalar kengashi boshqaruvi raisi Shavkat Javlonov olib bordi.

«Xabar.uz» manbasining ma’lum qilishicha, kengash majlisida Botir Rahmatovich Parpiyev Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi va Kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

— Men oddiy askarman. Rahbariyat qayerga lozim topsa, sidqidildan ishlashga tayyorman, — dedi nomzodi tasdiqlangan B.Parpiyev. — Xonadonlarga kirib odamlarning dardu qayg‘usi bilan ishlash, xalqqa xizmat qilish katta mukofot. Bildirilgan ushbu ishonch menga katta mas’uliyat yuklaydi.

Eslatib o‘tamiz, 72 yoshli general-leytenant Botir Parpiyev 2004-yil 17-fevraldan buyon Davlat soliq qo‘mitasi rahbari bo‘lib ishlab kelayotgan edi. 2002-2004-yillarda Davlat soliq qo‘mitasi, 2002-yil iyundan dekabrga qadar Favqulodda vaziyatlar vaziri, 1998-2002-yillarda ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, 1989-1998-yillarda ichki ishlar vazirligida turli rahbar lavozimlarida ishlagan.  

U Andijon viloyatida tug‘ilgan. Uch nafar farzandi bor.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring