Daniya hukumati O‘zbekistonga yangi elchisini tayinladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Daniyaning yangi elchisi etib tayinlangan Yesper Varni qabul qildi.
Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.
«Mazmunli suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlardagi imkoniyatlarini muhokama qildik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi sheriklikning to‘liq salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida faol hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi. Janob Elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabriklaymiz va diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tilaymiz», – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Daniya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 25 yanvarda o‘rnatilgan. E’tiborlisi, Daniya O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan birinchi Yevropa davlati hisoblanadi.
Ma’lum qilinishiicha, O‘zbekistonga tayinlangan yangi elchi 62 yoshda. Tajribali diplomat Daniya Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati va xorijdagi qator elchixonalarida turli lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon, Isroil, Malayziya va Erondagi elchi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2024 yildan beri u Daniyaning Rossiyadagi elchisi sifatida faoliyatini olib borgan.
Yesper Var 2024-2025 yillarda O‘zbekistonda diplomatik missiya rahbari sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Yakob Xenningsenning o‘rniga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter