Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari tashkil etildi

Prezidentning 2018-yil 6-avgustda imzolagan qaroriga muvofiq, Guliston, Qarshi, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Hududiy filiallarda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarning malakasi oshiriladi.
Hududiy filiallarga maqomi va mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasining fakultet dekaniga tenglashtiriladigan direktor rahbarlik qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter