Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev YTTB prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev YTTB prezidenti bilan uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 16-noyabr kuni «Ko‘ksaroy» qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi hamda YeI va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Samarqand konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi.

YTTB bilan samarali hamkorlikning joriy holati va uni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari oxirgi olti yilda O‘zbekistonning ushbu nufuzli moliyaviy instituti bilan aloqalari misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Bank ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirishda O‘zbekistonning asosiy hamkorlaridan biridir.

Uchrashuvda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish, xususan, energetika, transport-logistika, sog‘liqni saqlash, ta’lim, uy-joy kommunal xo‘jalik sohalarida DXSh loyihalarini amalga oshirish, «yashil» taraqqiyot, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kabi ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Odil Reno-Basso yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuksak baholadi hamda sermahsul sheriklikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

Kelgusi yilda Samarqand shahrida bank boshqaruvchilarining navbatdagi yillik yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlikning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida mamlakatimizning YTTB bilan hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan aniq tadbirlardan iborat «yo‘l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring