Hukumatdagi yangi tayinlovlar rasman ma’lum qilindi
Kecha hukumat tarkibida bir qator o‘zgarishlar bo‘lgani haqida xabar qilingan edi. Bugun ushbu xabarlar rasman tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Prezident farmonlariga asosan ushbu tayinlovlar amalga oshirildi:
Qo‘chqorov Jamshid Anvarovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga;
Ishmetov Timur Aminjonovich O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Prezident qarorlariga muvofiq:
Nasritdinxo‘jayev Omonullo Zabixullayevich O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
Farxod Nuritdinovich Arziyev O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
Ilhomjon Nematov O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter