Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenko: «Belarus o‘zbek xalqidan qarzdor»

Lukashenko: «Belarus o‘zbek xalqidan qarzdor»

Foto: «BELTA»

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z mamlakati o‘zbekistonlik mehnatsevar migrantlarni qabul qilishdan mamnun ekanligini bildirib, o‘zbeklar oldida «qarzdormiz» dedi. Bu haqda «BELTA» agentligi xabar berdi.

Lukashenko dushanba kuni Minskda O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi Rahmatulla Nazarov bilan uchrashuvi chog‘ida o‘zbeklar Ikkinchi jahon urushi davrida belaruslarga salmoqli yordam ko‘rsatganini ta’kidladi. Ko‘plab belaruslar O‘zbekistondan panoh topgan va u yerda ularga mehr bilan munosabatda bo‘lishgan. U mana shu kontekstda Belarus o‘zbek xalqi oldida muayyan qarzdorlikni his qilishini ta’kidladi.

Lukashenko, shuningdek, Belarus O‘zbekistondan keladigan mehnatsevar fuqarolar uchun ochiq ekanini qayd etdi. U mamlakatda ishlashni xohlaydigan ko‘plab o‘zbeklar yashayotganini tilga olib, ular belaruslar uchun yaqin insonlar hisoblanishini urg‘uladi.

Lukashenko O‘zbekistondan farqli o‘laroq, Belarus demografik muammolarga duch kelayotganidan afsusda ekanini va shu sababli O‘zbekistondan keladigan mehnatsevar migrantlarni kutib olishdan doimo mamnunligini bildirdi.

Shu bilan birga, davlat rahbari Belarusda migrantlarni qabul qilishning qat’iy tartibi haqida ogohlantirdi. Lukashenko migrantlarning farzandlari uchun bog‘cha, maktab va oliy ta’lim kabi barcha sharoit va xizmatlar belaruslar, rossiyaliklar, ukrainaliklar va boshqa aholi bilan teng sharoitlarda taqdim etilishini ta’kidladi.

Belarus Prezidenti, shuningdek, mamlakat mehnat migrantlarini qabul qilish uchun keng imkoniyatlarga ega ekanini qo‘shimcha qildi. U odamlar faol ravishda kelib ishlayotganini qayd etdi va Belarus bu masalada O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyorligiga ishontirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring