Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Muxbirlarga tashlangan hokim o‘rinbosari ishdan ketmagan

Muxbirlarga tashlangan hokim o‘rinbosari ishdan ketmagan

Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov o‘z xohishiga ko‘ra ishdan ketgani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi. Buni Xabar.uz manbasi tasdiqladi.

Hokim o‘rinbosari ishdan ketgani haqidagi xabarni yaqinda ishga tushgan Togri.uz sayti tarqatgan.

Kecha Bosh prokuratura Abdurasul Vahobovning jurnalistlarga tashlanishini «kasb etikasiga to‘liq mos» deb topib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan edi.

Olmazor tuman hokimi o‘rinbosari 14-avgust kuni «Kun.uz» xodimlariga tahdid qilgandi. Ertasi kuni Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati tomonidan Vahobovning videointervyusi e’lon qilindi va unda hokim o‘rinbosari «Kun.uz» muxbiri Rahmatilla Isroilov muqaddam undan tamagirlik katta pora taklif etganini aytgan edi.

Mazkur holat ko‘pchilikni befarq qoldirmagandi. Yangi qirralari ochilgan hokimning bu qilmishini O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi o‘rganayotgan edi.

Deputat Rasul Kusherboyev jurnalistlarga qo‘pol munosabatda bo‘lgani uchun lavozimini tark etishi kerakligini aytgandi.

Bosh prokuratura ham avvaliga voqeani nazoratga olib turganini yozgandi, ammo keyinchalik jim bo‘lib ketdi va «o‘zimiz ma’lum qilamiz», deyishdan nariga o‘tmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring