Navbatdagi tashrif: Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi

Qozog‘iston Prezidentining matbuot kotibi Aydos Ukibay davlat rahbari ishtirokidagi tashqi siyosiy voqealar yuzasidan kelib tushayotgan ko‘plab savollarga javoban Nursulton Nazarboyevning yaqin kunlardagi ish tartibi haqida ma’lumot berdi.
Uning qayd etishicha, joriy yilning 15-mart kuni Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev Markaziy Osiyo — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston davlat rahbarlari Ishchi guruhi uchrashuvida qatnashadi. E’tiborli jihati, besh tomonlama muzokaralar Markaziy Osiyo xalqlarining umumiy bayrami — Navro‘z arafasida bo‘lib o‘tadi.
Oliy darajali muzokaralar rejasiga muvofiq, shu kuni Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Har ikki davlat rahbari san’at ustalarining gala-konsertiga tashrif buyurishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter