Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston delegatsiyasi Antaliya diplomatik forumida qatnashdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Antaliya diplomatik forumida qatnashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi.

Turkiya hukumatining taklifiga binoan 2022-yil 10-13 mart kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan II Diplomatik forum ishida ishtirok etmoqda.

«Afg‘oniston: yangi voqeliklarga qanday munosabatda bo‘lish kerak» panel sessiyasida so‘zga chiqqan vazir qo‘shni Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatish, afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘’rsatish, gumanitar inqirozning oldini olish maqsadida Afg‘onistonda yirik infratuzilma loyihalari amalga oshirish borasidagi mamlakatimiz sa’y-harakatlari haqida forum ishtirokchilariga ma’lumot berdi.

Xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistonni iqtisodiy tiklash, mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb qilish bo‘yicha faol choralar ko‘rishi zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, forum doirasida «Yangi Osiyo: barqaror mintaqaviy o‘sish uchun» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Abdulaziz Kamilov asosiy ustuvor yo‘nalishi Markaziy Osiyo etib belgilangan O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari va erishilgan natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Vazir xalqaro va mintaqaviy miqyosda kuzatilayotgan siyosiy-diplomatik tendensiyalar haqida gapirar ekan, faqat oqilona murosaga asoslangan diplomatiya barcha tomonlar manfaatlarini birdek qanoatlantirishi mumkinligini ta’kidladi.

O‘zbekiston ham Markaziy Osiyo davlatlari, ham Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatishdan manfaatdor ekani haqida ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring