Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston elchisi BAA prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekiston elchisi BAA prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Foto: TIV matbuot xizmati.

O‘zbekistonning BAAdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Abdulaziz Aqqulov ushbu mamlakat prezidenti Muhammad ibn Zayd Al-Nahayonga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. 

Tantanali marosim Abu-Dabidagi «Qasr Al-Vatan» qarorgohida bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan qisqa suhbat chog‘ida BAA prezidenti bugungi kunda O‘zbekiston-BAA munosabatlari jadal rivojlanib, yangi amaliy mazmun bilan boyib borayotganini ta’kidladi.

Rasmiy Abu-Dabi O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun barcha choralarini ko‘rishga tayyorligi qayd etildi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring