Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashishdi

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashishdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida Tojikiston Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan tabriklab, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Joriy yilning 10-11 iyun kunlari Tojikiston Respublikasiga rasmiy tashrif yakunlari bo‘yicha qabul qilingan bitim va kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mintaqa kun tartibi, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashildi.

O‘tgan haftada Toshkentda o‘tgan Markaziy va Janubiy Osiyo bog‘liqligi bo‘yicha xalqaro konferensiyaning muvaffaqiyatli natijalari yuksak baholandi.

Kelgusi oyning boshida Turkmanistonda mintaqa davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini hamda joriy yilning sentyabr oyida Tojikistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini o‘tkazishga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring