Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashrif rejimlari o‘zgaradi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashrif rejimlari o‘zgaradi

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev bundan buyon hududlarda bo‘ladigan xizmat safarlari qanday tartibda bo‘lishiga oydinlik kiritdi. Davlat rahbarining Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi nutqi O‘zAda keltirilgan.

«Barchangizning e’tiboringizni muhim bir masalaga qaratmoqchiman. Bundan buyon men qaysi hududga xizmat safariga boradigan bo‘lsam, birinchi kuni joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qanday borayotgani bilan tanishaman. Ikkinchi kuni esa, shu hududdagi harbiy-ma’muriy sektorlardagi ahvolni har tomonlama o‘rganib chiqaman. Yil davomida shunday tartibda ish olib boramiz. Hokimlar, okrug qo‘mondonlari va boshqa tegishli mutasaddi rahbarlar buni albatta e’tiborga olishi lozim», — dedi Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring