Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti kotibiyati rahbari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti kotibiyati rahbari bilan uchrashdi

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiya Respublikasi Prezidenti Kotibiyati rahbari Hasan Dog‘an hamda Prezident Administratsiyasi Bosh kotibi Haqqi Susmaz bilan uchrashdi.

Muloqot davomida tomonlar hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha navbatdagi amaliy qadamlarni muhokama qildi va har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan yangi tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish jarayonini davom ettirishga kelishib oldi.

«O‘zbekiston va Turkiyani o‘zaro bog‘lab turgan umumiy tarixi bor, tili, madaniyati, an’analari yaqin. Ko‘p qirrali munosabatlarimiz aynan mana shunday mustahkam poydevor asosida izchil rivojlanib bormoqda», — deb yozdi Administratsiya rahbari.

Avvalroq Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti bilan uchrashgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring