Shavkat Mirziyoyev AQShga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 17-fevral kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, Vashington shahrida ta’sischi davlatlaridan biri O‘zbekiston bo‘lgan Tinchlik kengashining birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Bo‘lajak tashrif doirasida AQSh rasmiylari bilan uchrashuvlar va bir qator ishbilarmonlik tadbirlari ham o‘tkaziladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter