Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashadi

Ertaga, 26-mart kuni Yevrokomissiya vitse-prezidenti, Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini boshchiligidagi Yevropa ittifoqi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Yevropa ittifoqining tashqi siyosat idorasi rahbari Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiya hamda «Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi» formatidagi vazirlar yig‘ilishida ishtirok etadi.
TIV axborot xizmatining xabar berishicha, YeI delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 26-27-mart kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter