Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston rahbari Aliyev va Pashinyanni nufuzli mukofot bilan tabrikladi

O‘zbekiston rahbari Aliyev va Pashinyanni nufuzli mukofot bilan tabrikladi

Foto: Press-slujba prezidenta

Kecha Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" xalqaro mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taqdirlash marosimi ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi.

Unda davlatimiz rahbari mukofotga sazovor bo‘lgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyanni tabrikladi.

"Siyosiy yetakchilarning uzoq davom etgan mojaroni oqilona hal etish, tinchlikka erishish yo‘lidagi birgalikdagi sa’y-harakatlari, hech shubhasiz, ushbu nufuzli mukofotga haqli ravishda munosibdir",  - dedi davlatimiz rahbari.

"Erishilgan kelishuv muammo yechimiga mas’uliyatli yondashuvning yorqin namunasi bo‘lib, keng mintaqamizda barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi tarixiy qadam bo‘ldi.

Bugungi kunda faqat ahillik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash va yaqin do‘stlik orqali xalqlarimizning umumiy ravnaqi va farovonligini ta’minlash mumkin",  - qo‘shimcha qildi Prezidentimiz marosim ishtirokchilariga murojaatda.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston har qanday nizo va ziddiyatni faqat siyosiy-diplomatik vositalar, xalqaro huquq tamoyillari va yaxshi qo‘shnichilik asosida hal etish tarafdori ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari Rahbariyatining gumanitar tashabbuslarni faol ilgari surish, xalqaro maydonda muloqot madaniyatini izchil yuksaltirish borasidagi xizmatlarini alohida e’tirof etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring