Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Qirol Karl Uchinchiga ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Qirol Karl Uchinchiga ta’ziya bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Karl Uchinchiga uning volidai muhtaramasi Qirolicha Yelizaveta Ikkinchi olamdan o‘tgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

«Ul zot 70 yildan ortiq vaqt davomida mamlakat yaxlitligi va jadal rivojlanishining ramzi bo‘lib kelgan, Qirollikning global iqtisodiyot va siyosatda yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga, uning xalqaro maydondagi obro‘ va e’tiborini har tomonlama oshirishga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk davlat arbobi edi», deyiladi davlatimiz rahbarining ta’ziyanomasida.

Prezidentimiz ushbu musibatli damlarda Qirolga, oilasining barcha a’zolariga va butun Buyuk Britaniya xalqiga taskin so‘zlarini bildirdi hamda sabr-toqat va bardamlik tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Qirolicha Yelizaveta II kecha, 8 sentyabr kuni 96 yoshida Shotlandiyadagi Balmoral qasrida vafot etdi.

Yelizaveta II ning to‘ng‘ich o‘g‘li — Uels shahzodasi Charlz Qo‘shma Qirollikning yangi qiroli  bo‘ldi. Yangi qirol rasman Karl III nomini oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring