Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Tomdida aholi bilan muloqot qildi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Tomdida aholi bilan muloqot qildi (foto)

Foto: «President.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tomdi tumanidagi 12-bolalar musiqa va san’at maktabi faollar zalida Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari va Zarafshon shahri jamoatchiligi vakillari, oqsoqollar, tadbirkorlar, yoshlar bilan muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: «President.uz»

Samimiy muloqot chog‘ida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona hamkorlik, viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, har qaysi qishloq, tuman va shaharda odamlarni qiynayotgan masalalarni bartaraf etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ta’lim-tarbiya masalalari xususida so‘z yuritildi.

Foto: «President.uz»

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatining ko‘p millatli aholisi ahil-inoq, birodarligi bilan barchaga o‘rnak bo‘layotgani, o‘zbekni qozoqdan yoki rusdan ajratib bo‘lmasligini, ular mamlakatimizdagi barcha o‘zgarishlarga munosib hissasini qo‘shib kelayotganini alohida ta’kidladi.

Foto: «President.uz»

Shuningdek, tadbirda o‘z yechimini kutayotgan qator muammolar tilga olinib, ularni joyida hal qilish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Foto: «President.uz»

Shavkat Mirziyoyev eng chekka tumanlar aholisining ma’naviyatini oshirish, salomatligini mustahkamlash, bandligini ta’minlash masalalari davlatimizning diqqat-e’tiborida ekani, viloyatdagi keng qamrovli o‘zgarishlar odamlarga munosib turmush sharoiti yaratishga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

Foto: «President.uz»
Foto: «President.uz»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring