Shavkat Mirziyoyevning Olmazor tumaniga tashrifi kutilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Olmazor tumaniga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar berdi.
Hozirgi kunlarda tumandagi yo‘llar obodonlashtirish ishlari davom etmoqda, Prezident kelishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Hududga tuman IIB, soliq inspektori, prokuratura, DSENM xodimlari jalb etilgan.
Prezidentning Olmazor tumaniga tashrifi qaysi kunga belgilangani haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning fevral oyida ham Olmazor tumaniga tashrif buyurgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter