«Shilqim» ishdan bo‘shatildi» — TIV Agneshka Pikulitskadan uzr so‘radi

Agneshka Pikulitska.
Bugun, 2-fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida vazirlik matbuot kotibi A.Xojimetov va ilgari TIV huzurida «Al-Jazeera» telekanali muxbiri sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Agneshka Pikulitska o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
Qayd etilishicha, uchrashuv davomida uning akkreditatsiyasi va bo‘lib o‘tgan voqea bilan bog‘liq qo‘shimcha holatlar aniqlangan.
Chet ellik jurnalistdan hodisa uchun uzr so‘ralgan.
Mazkur muxbir tomonidan tilga olingan vazirlik xodimi Tashqi ishlar vazirligi tizimidan bo‘shatilgan.
Agneshka Pikulitskaning jurnalistik akkreditatsiyasini rasmiylashtirish jarayoni 2021 yil 3 fevral kuni yakunlanishi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha xorijlik jurnalist Agneshka Pikulitska unga TIV xodimi shilqimlik qilgani haqida yozib chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter