Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva Prilepinning provakatsion bayonotiga javob berdi

Tanzila Norboyeva Prilepinning provakatsion bayonotiga javob berdi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva rossiyalik propagandist zaxar Prilepinning O‘zbekistonning Rossiya tomonidan egallanishi haqidagi gaplariga javob qaytardi. 

«Mana ko‘ryapsizlar, internetda «O‘zbekistonni u qilamiz, bu qilamiz» degan qandaydir chiqishlar bo‘lib ketdi. O‘zbekiston hech qachon hech kimga mustamlaka bo‘lmaydi bundan keyin, bo‘lib bo‘ldi», – deya rossiyalik harbiy siyosatchi Zaxar Prilepinning gaplariga munosabat bildirdi O‘zbekiston Senat raisi.

Norboyeva bu haqda yoshlar bilan uchrashuvda gapirgan. 

Eslatib o‘tamiz, Prilepinning bayonoti o‘zbek jamiyatida ham keskin norozilik uyg‘otdi. 

Shuningdek, TIV Rossiya elchisi Oleg Malginovni idoraga chaqirdi. Rossiya TIV ham masala yuzasidan izoh berdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring