Toshkent shahar hokimi haqidagi xabar rasman tasdiqlandi

Bugun, 26-aprel kuni Toshkent shahar hokimligida Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida navbatdan tashqari 35-sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar hokimi lavozimiga Jahongir Ortiqxo‘jayevning nomzodi ko‘rsatildi. Deputatlar ushbu nomzodni bir ovozdan tasdiqlashdi.
Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
J.Ortiqxo‘jayev 1975-yil 2-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1991-1996-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Mutaxassisligi iqtisodchi. Bungacha «Artel Injiniring» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida ishlab kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter